Ushbu loyiha an’anaviy o‘zbek tapchanining zamonaviy talqini bo‘lib, 89 davlatdan 4300 dan ortiq kelib tushgan arizalar orasidan tanlab olindi va sovrin uchun kurashayotgan 192 ta ishlardan biriga aylandi.
Tapchan - oʻzbek madaniyatining ajralmas qismi bo’lib, an'anaviy ravishda uxlash, dam olish va ovqatlanish uchun ishlatiladigan keng yog'och platformadir.
Debs va Rahmatillayev loyihada qadimiy hunarmandchilik texnikasini zamonaviy dizayn yechimlari bilan uyg‘unlashtirib, tarixiy buyumni milliy merosimizning XXI asr timsoliga aylantirdi.
Dezeen Awards dizayn va arxitektura sohasidagi nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. Short-list oktyabr oyida, mukofot g‘oliblari esa noyabr oyida e'lon qilinadi.