Kolleksiyaga 90 000 dan ortiq buyumlar,
jumladan, sahna kostyumlari, musiqa asboblari, qo‘lyozma qo’shiq matnlari,
shaxsiy kundaliklar, muxlislar xatlari va eskizlar kiritilgan. Ko'rgazmada “Ziggy
Stardust” va “Aladdin Sane” davrlarining mashhur liboslari, shuningdek, “Fame”,
“Heroes” va “Ashes to Ashes” kabi hitlarning original matnlari mavjud.
Muzey uch tematik zonaga bo'linadi:
ko'rgazmalar, audiovizual inshootlar va tadqiqot maydonchalari. Bu esa tashrif
buyuruvchilarga arxiv bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.
Markaz Nile Rogers ("Let's Dance"
albomi hammuallifi) va britaniyalik "The Last Dinner Party" indie-guruhi
tomonidan ishlab chiqiladi, shuningdek, Hackney, Newham, Tower Hamlets va
Waltham Forest yoshlari jalb qilinadi.
Muzeyning o’ziga xos xususiyatlaridan biri -
Order an Object – xizmat ma'lum artefaktni yaqindan ko'rish uchun oldindan bron
qilish imkoniyatini beradi. Devid Boui markaziga kirish bepul, tashrif
buyuruvchilardan ma’lum vaqt oralig’ida amal qiluvchi chipta talab etiladi,
xolos.
