Qo‘qondagi festivalda O‘zbekistondan 400 dan ortiq ustalar, shu bilan birga, 70 dan ortiq
davlatdan kelgan hunarmandlar ham ishtirok etadi. Mehmonlar ko'rgazmalar, savdo
rastalari, mahorat darslari, moda namoyishlari, folklor konsertlari,
pazandachilik tanlovlari va ekskursiyalardan bahramand bo'lishadi. Xalq amaliy san’ati
va hunarmandchiligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan anjumanga ham
alohida e’tibor qaratiladi.
Festival allaqachon mintaqaning tashrif
qog'oziga aylangan bo’lib, har yili dunyo mamlakatlaridan minglab mehmonlarni
jalb qilmoqda. Bu yil ham rekord darajadagi ishtirokchilar soni kutilmoqda.
Rishtonda, mashhur
kulolchilik sanʼati markazida maxsus forum o‘tkaziladi. Tadbirda ustalar sohada
yangi innovatsiyalarni muhokama qilish bilan birga, amaliy mahorat darslarini
o‘tkazadilar va noyob kulolchilik kolleksiyalarini taqdim etadilar.
Har ikkila tadbir ham O‘zbekiston
hunarmandchilik merosini ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va
turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha,
an’analar va zamonaviy yondashuv uyg‘unligi festivallarni yilning asosiy
madaniy voqealariga aylantiradi.
