2022-yil aprel oyida “Katta Dubulg‘a”
turnirlarning olti karra g‘olibi bankrotlik to‘g‘risidagi aktivlarini
yashirgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Sportchi o‘z xotiralarida qamoqxonadagi og‘ir
sinovlar, tungi dahshatlar, kameradoshlar tahdidi va boshqa qiyinchiliklarni
tasvirlaydi. Shunga qaramay, yaqinlari uni hatto qamoqxonada ham birdamlik bilan
qo'llab-quvvatlashgan.
Kitob nafaqat uning boshidan kechirgan xotiralari,
balki o’z xatolari, shon-shuhrat va boylik bahosini tasvirlaydi. "Bu
hayotimdagi eng og'riqli bob edi", - deb tan oladi tennischi.
Bekker 2022-yil dekabr oyi boshida xorijlik
mahbuslar uchun maxsus dastur doirasida muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi.
Bugun esa sportchi ijtimoiy hayotga qaytishga va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga
tayyor.
Tanqidchilar memuarni mashhur sportchi
faoliyatidagi eng shaxsiy va haqqoniy kitob deb atashadi.
Shu mavzudagi maqola "Pulp
Fiction: panjara ortida yozilgan 5 ta eng mashhur kitob". Qamoqda yozilgan
adabiyotlari haqida birga hikoya qilamiz.
