Joriy yilning 12-sentabr kuni ochilgan Almaty Museum
of Arts devorlarida noma’lum shaxslar tomonidan yozuvlar qoldirilgan, ba’zi
yuzalar tirnalgan. Eksponatlardan biridagi kompozitsiya parchasi sindirilgan.
Hozirda muzey xodimlari nazoratni kuchaytirishdi va
mehmonlarni bunday holatlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirmoqda. Muzey odatdagi tartibda o‘z faoliyatini
davom ettirmoqda.
Olmaotadagi muzeyning ochilishi bir vaqtning o‘zida
ikkita ko‘rgazmaga to‘g‘ri keldi: Smagulovning “Qonaqtar” ("Mehmonlar") kolleksiyasi
ko‘rgazmasi va rassom Almagul Menlibayevaning “Men hammasini tushunaman” nomli retrospektivasi.
Almaty Museum of Arts nafaqat ko‘rgazma maydoni,
balki ma’ruzalar, mahorat darslari va munozaralar o‘tkaziladigan ta’lim markazi
sifatida ham mo‘ljallangan edi.
Muzeyga kolleksioner va tadbirkor Nurlan Smagulov
asos solgan bo‘lib, bino
loyihasi Britaniyaning Chapman Taylor byurosi tomonidan Buro Happold va Lord
Cultural Resources ishtirokida ishlab chiqilgan. U Qozog‘istondagi birinchi xususiy zamonaviy san’at
muzeyi hisoblanadi. Kolleksiyada
Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar rassomlarining 700 dan ortiq asarlari saqlanadi.
