Tadbir dasturidan xalqaro forum, filmlar namoyishi va taniqli rejissyor va aktyorlarning mahorat darslari o‘rin olgan.
NYFA rejissyorlik, aktyorlik mahorati, ssenariy yozish, shuningdek animatsiya va o‘yinlar dizayni yo’nalishlari bo‘yicha AQShdan kelgan o‘qituvchilardan ta’lim olish imkonini beradi. Kampus kino ishlab chiqarishning to'liq tsikli uchun pavilonlar, studiyalar va o’quv xonalari bilan jihozlangan.
NYFA mintaqada kino sanoati va boshqa san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish maydonchasiga aylanishi kutilmoqda.