San’atkor “Arda Xiva” turistik majmuasida chiqish qiladi.
Grammy mukofoti sohibi, DJ va prodyuser o’z sohasining eng nufuzli ijodkorlaridan biridir.
Black Coffee David Guetta, Delilah Montagu va Riton kabi artistlar bilan hamkorlikda dunyo chartlarida birinchi o‘rinlarni egallagan qo’shiqlar yaratgan.
Shou-dastur qadim me’moriy inshootlar fonida bo‘lib o’tadi. Tashkilotchilar jonli intro, lazerlar shousi va sharqona shahar muhitini o'zida mujassam etgan noyob konsertni va'da qilmoqda.