Toshkentda Teplo Autumn Fest 2025 bo‘lib o‘tadi

19-21-sentyabr kunlari Yapon bog‘ida poytaxtning kuz mavsumidagi eng kutilgan festivallaridan biri bo‘lib o‘tadi.

Teplo Autumn Fest

Teplo Fest bir necha yillardan buyon mahalliy brendlar va ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ziga xos maydon sifatida xizmat qilib kelmoqda.

Bu yilgi dastur hodisalarga boy bo‘lishi kutilmoqda: yuzdan ortiq mahalliy brendlar kiyim-kechak, aksessuarlar, interyer buyumlari va qo‘l mehnati mahsulotlarini taqdim etadi.

Festivalning alohida qismi madaniyat va musiqaga bag‘ishlanadi: sahnada taniqli mahalliy ijrochilar Saya Musa va LAYLO, shuningdek, Qozog‘istondan mehmon san’atkorlar Dudeontheguitar va Rishat Band ishtirok etishadi.

Tashrif buyuruvchilarni shuningdek, ma’ruzalar, mahorat darslari, munozaralar va interaktiv hududlar: foto maydonlar, mutolaa burchaklari va fudkort kutmoqda.

Festival har kuni soat 12:00 dan 21:00 gacha o‘tkaziladi.

Kirish chiptasi narxi kattalar uchun: 60 000 so‘m, bolalar uchun: 30 000 so‘m.

Teglar:Mahalliy
Ulashish:

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.