Besh kun davomida mehmonlar ma’ruzalar, mahorat
darslari, suhbatlar, filmlar namoyishi va ijodiy laboratoriyalarda qatnashish
imkoniga ega bo’lishadi. Festival maqsadi – jamiyatning har bir inson uchun inklyuziv
ekanligini isbotlash.
Xalqaro ma’ruzachilar qatorida Kanadalik
inkluziv dizayn eksperti Moisen Mahjubnia va Britaniyalik Studio Weave
asoschisi arxitektor Je Ahn bor. Ular shahar landshaftlarini yaratish va
loyihalash bo‘yicha master-klasslar o‘tkazadilar.
“Ochiq qalblar” oilani qo’llab-quvvatlash
markazi mutaxassislari Tatyana Balchukova va Anastasya Titova yordamga muhtoj shaxslar
bilan ishlash bo‘yicha uch kunlik intensiv dasturni taqdim etadilar.
Festivalda Brayl alifbosi bo‘yicha
mashg‘ulotlar, tiflokommentariyalar, imkoniyati cheklangan musiqachilar
kontserti va bolalar uchun tayyorlangan dasturlar ham tashkil etiladi.
Kun oxirida esa kinofilmlar namoyishi va
musiqiy chiqishlar, jumladan, “Bu Qala” guruhining yangi taronasi taqdimoti
o‘tkaziladi.
"Hamnafas" so‘zi o‘zbek tilida
"birga nafas olmoq", majoziy ma’noda esa “fikrdosh bo’lmoq” ma’nosini
bildiradi. Ko‘plab tadbirlar butch oila uchun mo’ljallangan.
Festival o‘zbek, rus va ingliz tillarida o’tkaziladi.
Murojaat asosida sinxron tarjima ta’minlanadi. Barcha tadbirlarga kirish bepul,
faqatgina oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
