Tadbirda turli mamlakatlardan yetakchi arxitektorlar, urbanistlar va ekspertlar jamlanishadi. Forumda 15 davlatdan 30 nafar arxitektor ishtirok etadi. Asosiy ishtirokchilar orasida Bjarke Ingels Group, Zaha Hadid Architects, XTU Architects va MAD Architects byurolari bor.
Forum jadal urbanizatsiya sharoitida shaharlar kelajagi, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha fikr almashish maydoniga aylanadi.
Asosiy mavzular - barqaror qurilish, "aqlli" shaharlar, transport infratuzilmasiga zamonaviy yondashuvlar va an’anaviy arxitekturani yangi tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirish.
Binolarning ekologik tozaligi va energiya samaradorligi, qulay shahar muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yig‘ilishlarda Toshkent va Markaziy Osiyoning boshqa megapolislarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Forum yakunida turli mamlakatlar va tashkilotlar vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi.