Imkoniyatlar va inklyuziyaga bag‘ishlangan Hamnafas xalqaro festivali
Qachon: 17–21-sentyabr
Qayerda: Respublika bolalar kutubxonasi
Odamlar va g‘oyalarni birlashtirgan festival: barcha uchun teng imkoniyatlar haqidagi ma’ruzalar, uchrashuvlar va loyihalar.
Группа Кровосток” ma’ruzasi
Qachon: 18-sentyabr, payshanba, soat 19:30
Qayerda: Cultura Gastrobar
Narxi: 200 000 so‘m
Ma’ruzachi Darya Nesterenko rus repining eng provokatsiyali guruhlaridan birining matnlarini tahlil qiladi. Sobiq ittifoq davridan keyingi musiqa sahnasida ziddiyatli jamiyat hodisalari, o‘ziga xos ijtimoiy xronika va madaniyat izlari bo‘lgan she’riyat haqida so‘z boradi.
Discola
Qachon: 19-sentyabr, juma
Qayerda: Nukus 89
Ko‘pchilik uchun sevimli joyga aylangan maskanda juma kungi dijey-set bilan dam olish kunlari aʼlo darajada boshlanadi. Marko Ostan, Felix va ianiiiron siz uchun ushbu jumada ijro etishadi.
Serafim Dima AJDAHO shaxsiy ko‘rgazmasi
Qachon: 19-sentyabr, juma
Qayerda: Regeneration Art Gallery
Kirish bepul
Serafim Dimaning rang ifodasi va ajdarning mifologik timsoli zamonaviy afsonalar tadqiqotiga aylangan debyut shaxsiy ko‘rgazmasi. AJDAHO – bu avlod quvvati, qadimiy ramzlar va yangi badiiy bayonot.
Teplo Fest
Qachon: 19–21-sentyabr, juma-yakshanba
Qayerda: Yapon bog‘i
Narxi: 60 000 so‘m
Shinamlik va iliqlikka to‘la kuz festivali. Toshkentliklarning milliy brendlar, musiqa, ma’ruzalar va mahorat darslari o‘rin olgan sevimli marketi.
Pepsi Music Fest 2025
Qachon: 19–21-sentyabr, juma-yakshanba, soat 18:00
Qayerda: Toshkent, CAEX
Kirish bepul
Dam olish kunlarini Irina Kayratovna, Akon va Big Baby Tape davrasida o‘tkazing — bularning barchasi bepul. Festival kunlari sentyabrni yanada yorqin mavsumga aylantiradi.
“Toshkent va toshkentliklar” fotoko‘rgazmasi
Qachon: 20-sentyabr, shanba, soat 18:00
Qayerda: Community Coffee Bar (O‘qchi, 3)
19 muallifdan shahar hayoti haqida 24 ta surat: ko‘cha sahnalari va tasodifiy kadrlardan tortib, badiiy sahnalashtirilgan fotosuratlargacha. Shahar har xil tomondan namoyon bo‘ladi: ko‘chalar ritmi va yo‘lovchilar yuzi obyektivlar nigohida tasvirlangan. Ko‘rgazma 2025-yil 11-oktyabrgacha davom etadi.
Flight: Tbilisi – Tashkent
Qachon: 20-sentyabr, shanba, soat 22:00
Qayerda: Nukus, 89
Gruziya muhitini his qilmoqchi bo‘lganlar uchun Nukus ko‘chasidagi oqshom. Jura, Keepa va Isl DJ seti sizni vino va xachapuri hidi keladigan, shamol esa tog‘lardan yengil shabada olib keladigan eski Tbilisi ko‘chalariga olib ketadi.
ZEBOxNO va БАЛКОНЫ” konserti
Qachon: 20-sentyabr, shanba, soat 19:00
Qayerda: Art Station Samarqand
Kirish bepul
Tojikistonlik ikki jamoaning bir sahnadagi hind-pop-rok va post-pank estetikasi. ZEBOxNO mustaqil musiqiy loyihasi va “Балконы” guruhi samarqandliklarning mazmunli dam olishini ta’minlaydi.
“Nafrat” filmi namoyishi
Qachon: 20-sentyabr, shanba, soat 19:30
Qayerda: Kinoxona
Narxi: 50 000 so‘m
Matyo Kassovitsning yopiq doiradan chiqish yo‘lini izlash va Fransiyadagi ijtimoiy tengsizlik haqidagi mashhur dramasi. Film har yili IMDb tomonidan “Barcha davrlarning 250 ta eng yaxshi filmi” ro‘yxatiga kiritib kelinadi.
“Uslub psixologiyasi” ma’ruzasi
Qachon: 21-sentyabr, yakshanba, soat 15:00
Qayerda: Cultura Gastrobar
Narxi: 200 000 so‘m
Bizning qiyofamiz ortida nima turadi. Uslub psixoemotsional holatga va biz yaratadigan taassurotga qanday ta’sir qiladi? Nima uchun buyumlar bizning davomimizga aylanadi? Ma’ruzachi Alyosya Kichko gastrobarning shinam muhitida moda psixologiyasiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.
“Haykaltaroshlik durdonalarini qanday tomosha qilish mumkin?” Art-branchi
Qachon: 21-sentyabr, yakshanba, soat 16:00
Qayerda: Just Wine Bar
Narxi: 250 000 so‘m
Sharob hamrohligida intellektual dam olish: birgalikda haykaltaroshlik tilini o‘qishni o‘rganamiz va yangi jihatlarni kashf etamiz. Natali Novik antik davrdan modernizmgacha bo‘lgan oltita mashhur asarni tahlil qiladi.
Sound Travel Jazz Band
Qachon: 21-sentyabr, yakshanba, soat 19:00
Qayerda: Cultura Gastrobar
Narxi: 230 000 so‘mdan boshlanadi
Nozik improvizatsiyalar va erkin ritm – jaz uslubidagi musiqiy sayohat kechasi.
N89 DJ maktabidan ochiq dars va film namoyishi
Qachon: 21-sentyabr, yakshanba
Qayerda: Nukus 89
Ushbu yakshanba kuni Nukusda siz nafaqat DJ setlarni tinglaysiz, balki dijey olamining sahna orti sirlaridan voqif bo‘lasiz. Unda professional sirlarni o‘rganasiz va hamfikrlar davrasida kino namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Tashkent GoNight
Qachon: 21-sentyabr, yakshanba, soat 17:00
Qayerda: Human House
Kirish: bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali)
Shinam makonda o‘yinlar, muloqot va yangi tanishuvlar kechasi.
“Romeo va Julyetta” spektakli
Qachon: dushanba, 22-sentyabr, soat 19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi DAKT
Narxi: 100 000 so‘mdan boshlanadi. Toshkentning bosh sahnasida mumtoz ijrodagi fojiali muhabbat tarixi jonlanadi. Sergey Prokofyev spektaklida ehtiros va dramaga to‘la kecha.
Xalqaro arxitektura va shaharsozlik forumi
Qachon: 22-23 sentyabr, dushanba-seshanba
Qayerda: InterContinental Hotel Tashkent
Narxi: 375 000 so‘mdan boshlanadi
Forum arxitektorlar, urbanistlar va ekspertlarni shaharlar kelajagi, barqaror rivojlanish va qulay shahar muhitini yaratish bo‘yicha yangi yondashuvlarni muhokama qilish uchun birlashtiradi.
Rossiya xalq raqslari ijrosi
Qachon: 23-sentyabr, seshanba, soat 19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi DAKT
Narxi: 100 000 so‘mdan boshlanadi
Ranglar, liboslar va ritmlar manzarasi – katta sahnadagi milliy raqs madaniyati bayrami.
“Mayakovskiy va Yesenin” spektakli
Qachon: 25-sentyabr, payshanba, soat 19:00
Qayerda: Davlat konservatoriyasi
Narxi: 100 000 so‘mdan boshlanadi
She’riyatning еaqdiri va satrlari hali ham hayajonlantirishdan to‘xtamaydigan ikki dahosi o‘rtasidagi suhbat. Spektaklda Mossovet nomidagi teatr va MOST teatri aktyorlari ishtirok etadi.
“Onegin” spektakli
Qachon: 25-sentyabr, payshanba
Qayerda: O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyi
Narxi: 200 000 so‘mdan boshlanadi
Pushkin klassikasi yangi sahnaviy talqinda – sevgi, xatolar va abadiy tanlovlar tarixi.
Juzeppe Verdining “Traviata” operasi
Qachon: 25-sentyabr, payshanba, soat 19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi DAKT
Narxi: 44 000 so‘mdan boshlanadi