Festival bir vaqtning o‘zida Toshkent va Berlinda bo‘lib o‘tadi. Dasturda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoyning uyg‘urlar yashaydigan viloyatidagi yosh rejissyorlarining ishlari o‘rin olgan.
Mavzu bloklari to‘rtta toifaga bo‘lingan: "Radikal umid", "Nafis yoshlik", "Xotira turlari" va "Vatan nima?".
Mavzularning har biri mintaqa uchun muhim bo‘lgan masalalarni ko‘taradi: kundalik hayot va jamoaviy xotira, o‘zlikni anglash, ayollar huquqlari, shuningdek, marginal jamoalar tajribasi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, barcha filmlar zamonaviy Markaziy Osiyoga haqqoniy qarashni shakllantirishga qaratilgan.
Namoyishlar Toshkentdagi "Kinoxona" kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.
