Shamshod o‘simligi O‘zbekistonda
kam uchraydi – lekin oxirgi
vaqtlarda uni tobora
ko‘proq ekishmoqda.
Shamshod o‘z ismining maʼnosini bilgan bo‘lsa kerak,
chunki “Serposhot sari uch harakat” («Три движения к Серпошоте»)
nomli sheʼrida u mana shu
so‘zni qo‘llagan:
Отовсюду растет (росла тогда) периферия,
где можно почти впервые наблюдать сухой самшит,
хриплый, если б звучал, —
ржавая кантилена в отцветшей радиопьесе.
Har tomondan bosib kelar chekka hududlar.
U yerlarda deyarli birinchi marta quruq shamshodni kuzatish mumkin,
ovozi bo‘lganida u xirillar edi go‘yo,
rangsiz radiopyesadagi eskirgan qoshiq singari.
(Muharrirning havaskorona tarjimasi)
Shamshod she’r o‘qiganida,
ovozi past, bo‘g‘iqroq chiqardi. Uning ovozini katta zalda katta sahnadan
yangrashini tasavvur qilish qiyin. Shunga qaramay, Shamshod tinglovchilarni qandaydir
sehrli hayrat bilan o‘ziga rom qila olardi.
Tanqidlar tufayli e’tiborga tushgan she’riy maktablar
oz emasdi.
Masalan, Ural maktabi. Minsk maktabi. Smolensk maktabi...
Toshkent... Riga... va hokazo.
Ba’zi maktablar o‘zlarini maktab deb tan olardilar.
Ba’zilari esa tanqidchilar va adabiyotshunoslar tomonidan qisman o‘ylab
topilgandi.
“Farg‘ona maktabi” holatida esa ikkisining ham o‘rni
bor edi.
Bir tomondan, Farg‘onada 80-yillarning o‘rtalariga
kelib, bir xil uslubda she’r yozadigan kishilar doirasi shakllandi. Shamshoddan
tashqari, bu toifaga Abdulla Haydar, Sergey Alibekov, Daniil Kislov,
Hamdam Zokirov, Vyacheslav Useinov, Grigoriy Koelet (Kaptsan), Renat Taziyev, Yusuf Karayev, ba’zan
Aleksandr Gutin va Maks Lurye
(garchi ular biroz boshqacha uslubda yozgan bo‘lsalar ham) kabi ijodkorlar kirgan
edi. 90-yillarning boshlarida Olga Grebennikova va toshkentlik Yevgeniy
Olevskiy ham Farg‘ona maktabiga qo‘shila boshladi.
Boshqa tomondan, o‘zlarini maktab sifatida ko‘rmaganliklarini Shamshod
bir necha bor takrorlagan edi.
“…Biz biror-bir maktab uchun yig‘ilganimiz, uyushganimiz yo‘q. Bundan qirq-qirq besh yil oldingi do‘stligimiz, suhbatlarimiz, uchrashuvlarimiz o‘z-o‘zidan, birdaniga, hech qanday rejalarsiz va kelajakni o‘ylamasdan rivojlanib borardi. “Farg‘ona maktabi”ga kelsak, bu atamani rus tanqidchilari o‘ylab topgan”.
Oxirgisi fikr unchalik aniq emas.
“Farg‘ona maktabi” iborasi rus tanqidchiligidan ancha
oldin – toshkentlik adabiyotshunos Lidiya Levinaning "Звезда
Востока" (“Sharq yulduzi”) jurnalining 1988-yil may sonida nashr etilgan «Начало ли перемен?» (“O‘zgarishlarning boshlanishimi?”) maqolasida paydo bo‘lgan.
Maqola Toshkentda chop etilgan
“Yoshlik” almanaxiga, shu jumladan, unda chiqqan Shamshod she’rlariga
bag‘ishlangan edi; Levina ularni juda qiziqarli deb topgandi: “U o‘ta zamonaviy
uslubda yozadi, nafaqat qofiya va sillabotonik vaznlardan, balki ba’zan matnni
satrlarga bo‘lishdan ham voz kechadi”.
Shundan buyon “Farg‘ona maktabi”
atamasi paydo bo‘ladi.
“Maktab”ning
haqiqiy asoschisi Abdulla Haydar taxallusi bilan ijod qilgan farg‘onalik shoir
Aleksandr Kuprin bo‘lgan.
…О мое старое детство,
застрявшее между сороковыми и шестидесятыми,
на окраине города по улице Мельничной,
в неровных строчках людей и домов,
«шанхая» у станции,
где с вечным гудком и пыхтеньем стояли
и уходили черные паровозы,
где утром за пазухой у Кольки
голубями начиналось пойманное небо,
а лянга порою летала выше его…
...O, mening qadrdon bolaligim
qirqinchi va oltmishinchi yillar
oralig‘ida,
qirqinchi va oltmishinchi yillar
oralig‘ida,
shahar chekkasidagi Melnichnaya
ko‘chasida,
doimo gudok chalib va pishillab
turib,
jo‘nab ketadigan qora parovozlar
stansiyasi yaqinidagi
"shanxay"da,
ertalab Kolkaning qo‘ynidagi
kabutarlardan
tutib olingan osmon boshlanadigan,
lyanga esa ba’zan undan ham
balandroq uchadigan
ko‘chalarda qolib ketgan...
(Muharrirning havaskorona tarjimasi)
Haydarning 1980-yildagi she’ridan olingan ushbu parchada 1990-yillarning
boshlariga kelib “Farg‘ona maktabi”ning belgilari sifatida tan olingan deyarli
hamma narsa bor. Unda meditativ,
“sekinlashtirilgan”, mumtoz she’r tuzilishi qoidalariga bo‘ysunmaydigan
qatorlar, kinematografik optika va nostalgiya bor. Shuningdek, o‘ziga xos
shoirona mushohada maskani sifatida tasvirlangan Farg‘onaning chekka hududlari
bor... Yana ularda butun farg‘onaliklar she’riyatiga, umuman “Farg‘ona maktabi”ga
xos bo‘lgan o‘ziga xos afsonaviylik mavjud.
1991-yilda “Sharq yulduz”ning she’riyat bo‘limini
boshqargan Shamshod “Farg‘ona maktabi” tushunchasini ancha faol qo‘llaydi (“rus tanqidchilari”dan ancha oldin
bu atama ishlatilganini yana bir bor eslatib o’tamiz). U Farg‘onalik
shoirlarning nasliy xususiyatlarini ochib berishga harakat qiladi. Masalan, u shunday yozadi: “Bizni
meditativ, ontologik (dunyoviy)
she’riyatga moyillik ajratib turadi”. Yoki Yusuf Qorayevning 1992-yilda “Sharq
yulduzi”dagi sherlariga old soz yozishda “Farg‘ona maktabi” vakili” – degan
iborani ishlatadi.
"Farg‘onalik"lardan
tashqari, Shamshod “Sharq yulduzi”da Arkadiy Dragomoshchenko, Dmitriy Volchek, Vasiliy
Kondratyev kabi Leningrad she’riyat maktabi vakillarining ham asarlarini chop etadi... (Shamshodning o‘zi 1986-yildan ijod mahsullarini Volchekning nashri hisoblangan Piterning "Митин журнал"("Mityaning jurnali")ida chop etib kelgan).
Bugungi kunda buni tasavvur qilish qiyin, ammo 1990-yillarning boshlarida Toshkent jurnalida chiqish endigina adabiy yerto‘ladan bosh ko‘targan moskvalik va piterlik neomodernistlar uchun juda muhim edi. Poytaxt adabiy jurnallari ularni chop etishga shoshilmasdilar va “Sharq yulduzi” (Riganing "Родник" (“Buloq”)i bilan birga) bu mualliflar uchun dastlabki rasmiy minbarlardan biriga aylandi. Jurnalning 1991-yildagi adadi 75 ming nusxa edi, bugun buni tasavvur qilish qiyin.
1996-yili “Sharq yulduzi” tahririyati, jumladan,
Shamshod ham ishdan bo‘shashga majbur bo‘ldi. Asosiy sabab O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi bilan ziddiyat edi. Garchi “Sharq yulduzi” endi rasman Yozuvchilar uyushmasining nashri
bo‘lmasa-da, tahririyat tomonidan aynan uyushma tavsiya qilgan asarlarni nashr etishni xohlamaslik
omili og‘riqli qabul qilindi.
Jurnalga xayrixoh bo‘lmaganlar, jumladan, ular orasida
nufuzli kishilar soni ortib borardi.
Tahririyatning tarqalib ketishi Shamshod va butun “Farg‘ona
maktabi” atrofida “ular qurbon
bo‘lishdi” degan gap-so‘zlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Hatto “tahririyat
tor-mor etilgach, ... Farg‘ona maktabi shoirlari mamlakatni butunlay tark etishga majbur bo‘ldi”,
degan fikrlarni ham uchratish mumkin edi.
Lekin bu ham afsona. Maktabga kiritilgan shoirlarning aksariyati (Karayev, Gutin, Koelet, Lure,
Taziyev...) O‘zbekistondan ancha oldin chiqib ketishgan va bunga siyosiy qarashlar sabab bo‘lmagan. Farg‘ona
maktabiga nisbatan hech qanday qatag‘on kuzatilmagan yoki ularning she’rlarini
nashr etish taqiqlanmagan; 2000-yilda Toshkentda Shamshod tomonidan yozilgan “She’riyat
va Farg‘ona” nomli ajoyib to‘plam nashr etilgan.
Lekin Shamshod “Sharq yulduzi”dan ketgach, chindan ham o‘zbek adabiy
muhitidan tobora uzoqlashib bordi.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotini u ochiqdan ochiq "madaniy markazlardan uzoq,
chekka joyda xuddi "o‘lik kabi yakkalikda yotgan" "qoidalar,
ko‘rsatmalar va me’yorlarga amal qiladigan, bosim ostidagi xomxayol" deya
tariflagan. (intervyudan). Mahalliy adabiyot vakillaridan u tobora begonalashib borgan.
2006-yil boshida Shamshod zamonaviy adabiyot haqidagi tasavvurlari bilan
bo‘lishishga yana bir bor urinib ko‘radi. "Farg‘onalik"lardan biri Daniil Kislov
muharrirlik qilgan "Fergana.Ru" saytida Shamshod yangi loyiha - «Припоминающийся дом»"Esda qolarli uy" tarmoq jurnalini boshladi.
Lekin u uzoq davom etmadi.
Shamshodning o‘zi 2006-yilning kuzida Olmaotaga
ko‘chib o‘tdi. Dastlab, rejalashtirilganidek, davolanish uchun, ammo u yerda
uzoq vaqt qolib ketdi.
Yashash manzilining
o‘zgarishi uning matnlarida aslo aks etgani yo‘q.
Qolaversa, Olmaota davriga oid barcha nashrlarida uning yashash joyi Farg‘ona
deb ko‘rsatilgan.
U doimo xayolan o‘z Farg‘onasida yashagan.
“…Bugungi Farg‘ona biz sog‘inib intilgan,
to‘lib-toshib she’rlarimizda yozgan makon emas. Bu makon endi yo‘q... Daraxtlar
kesib tashlandi, bir vaqtlar shahar yashillikka to‘la edi, bog‘lari, ko‘m-ko‘k
manzarasi bilan mashhur edi. Endi ular yo‘q. Jazoir va Marokash singari o‘sha Mag‘ribday
bosqinchilar o‘ljasiga aylangan baʼzi mamlakatlarga xos retrospektiv zamonaviy
arxitektura, antiqa uylar endi yo‘q; axir ular fransuz me’morchiligini yo‘q qilmadi, balki tarixning bir qismi
sifatida saqlab qoldi.
Biz esa, aksincha, hammasini yo‘q qildik…” (intervyudan).
Yo‘qotilgan Farg‘ona haqida kuchli sog‘inchi
Shamshodning hayotlik chog‘ida nashr qilingan so‘nggi sheʼrlaridan biri “Basseyn.
1901-yil” nomli asarida ham o‘z aksini topgan:
Слышен запах старого тряпья,
догорающего за окнами предместья
в кустистых дворах одной из
туркестанских провинций напротив
дубильни. Медленный жест
правой руки: caballero andante.
Задушен бунт, как водится, и в Новом
Маргелане возглавил роту
Александр Петрович Чайковский; а
в окрестностях шелкомотальной фабрики до
(в западной части нынешней Ферганы)
сих пор зияет овальный
хауз (в губернаторском доме тогда
за тридцать восемь лет до Садовского, до
Евгения Садовского, молодой лакей из
Проскуровского уезда, Михаил, с немецкого переводил роман
«Гиперион» ошметками фраз
Аполлоном сраженного Гёльдерлина…
Teri oshlash qarshisidagi
Turkiston qishloqlarining
chakalakzor hovlilaridan biridagi uy
derazasidan
yonib tugayotgan eski latta hidi keladi.
O‘ng qo‘lda sekin ishora: caballero
andante.
Isyon, odatdagidek, bostirildi.
Yangi Marg‘ilonda rotani Aleksandr
Petrovich Chaykovskiy boshqardi;
pillakashlik fabrikasi atrofida esa
(hozirgi Farg‘onaning g‘arbiy
qismida)
hali hanuz tuxumsimon ochiq
hovuz bor (gubernator uyida, o‘sha
vaqtda
Sadovskiydan o‘ttiz sakkiz yil
oldin
Ya‘ni Yevgeni Sadovskiygacha,
Proskurovskiy uyezdidan yosh
xizmatkor
Mixail nemis tilidan "Giperion"
romanini tarjima qildi,
Unda Apollon tomonidan mag‘lub
etilgan Gyolderlin iboralari berilgan...
(Muharrirning
havaskorona tarjimasi)
“Bizni ko‘pchilikka to‘g‘ri kelmaydigan,
boshqalardan farq qiluvchi, qochib yuradigan, yozadigan va yolg‘izlikdan
qurqmaydigan mualliflar qiziqtiradi”, – deb yozgan edi Shamshod “Esga kelayotgan uy”ning
muqaddimasida.
Bularning barchasi
uning o‘ziga ham tegishli. Uning o‘zi ham xuddi shunday inson edi.
Va ushbu yo‘lda u ko‘p
narsaga erishgan.
Shamshodning hech bo‘lmasa, bir-ikki she’ri maktab
adabiyot dasturiga kiritilsa yaxshi bo‘lardi. To‘g‘ri, ularni idrok etish oson
emas. Nima, “Urush va tinchlik” yengil anglanadigan asarmi?
Yana Toshkentda, yaxshisi Farg‘onada Shamshod
Abdullayev ko‘chasi paydo bo‘lsin derdim. Shamshod o‘simligi butalari ekilgan
kichik sokin ko‘cha. Hech bo‘lmaganda, o‘zbek, rus, umuman, jahon adabiyotiga u
asos qilib olgan, o‘zi yaxshi ko‘rgan mahalla-ko‘ylarda.


