Taklif etilgan xorijiy ma’ruzachilar orasida:
  • Gloria Penaty — kreativ fashion-direktor, barqaror moda, innovatsiyalar va global tendensiyalar bo‘yicha ekspert;
  • Fabrizio Bresciani — dizayner, andozalarni ishlab chiqish, kiyimlarni o‘lchab moslashtirish va mahsulot sifatini ta’minlash bo‘yicha mutaxassis.
Ishtirok etish bepul, ro‘yxatdan o‘tish va tanlov asosida qatnashiladi.
Dastur zamonaviy modellashtirish texnologiyalaridan tortib, kolleksiyalar yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalargacha bo‘lgan keng ko‘lamli mavzularni qamrab oladi.
Ishtirok etish uchun ariza va tafsilotlarni havola orqali topishingiz mumkin.