"Buste de femme au chapeau à fleurs (Dora Maar)" ("Gulli shlyapa kiygan ayol portreti") deb nomlangan asar 24-oktyabr kuni Parijdagi Drouot auksion uyida sotiladi. Taxminiy qiymati 8 million yevro atrofida.
Ushbu asar hech qachon jamoatchilik oldida namoyish
etilmagan va ilgari kimoshdi savdosiga qo‘yilmagan. Surat 1943-yilda yaratilgan
bo‘lib, 1944-yil avgustidayoq uni fransuz xususiy kolleksioneri sotib olgan.
Asarning haqiqiyligi Pikasso qo‘mitasi (Comité Picasso) tomonidan tasdiqlangan.
Dora Maar – Pikassoning eng mashhur ilhom parisi bo‘lgan.
Rassom uni tez-tez tasvirlagan, ayniqsa, “Weeping Woman” (“Yig‘layotgan ayol”) turkumida. Ahamiyatli bo‘lishiga
qaramay, bu asar rassom hayotligida kamdan-kam hollarda namoyish etilgan.
