Bir hafta davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik tomoshabinlar ilgari mintaqaviy kinoteatrlarda namoyish etilmagan fransuz filmlarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Festival rejissyor David Tebulning o‘zi taqdim etadigan "Fransua Tryuffo: Hayotim ssenariysi" (2024) nomli hujjatli film bilan boshlanadi.
Dasturga yangi filmlar, multiplikatsion va hujjatli asarlar, shuningdek fransuz kinosining mumtoz namunalari kiritiladi. Dasturning batafsil ma’lumotlari keyinroq e’lon qilinadi.
