Loyiha Qozog‘iston va Ispaniya hamkorligida yaratilgan bo‘lib, tarixning kam ma’lum bo‘lgan sahifasi - Stalin qatag‘onlari yillarida Qozog‘iston KarLAGiga tushib qolgan ispanlar taqdiriga bag‘ishlangan.
Syujet markazida ispan mahbuslari va g‘ayriinsoniy sharoitda insoniylikni saqlab qolishga urinayotgan qozoq ziyolilarining uchrashuvi yotadi.
Filmni "Qog‘oz uy" (La Casa de Papel) seriali bilan tanilgan Migel Anxel Vivas suratga olgan. Aktyorlar tarkibiga ikki mamlakat san’atkorlari kirdi: Migel Erran, Aron Piper, Dina Tasbulatova, Oltinoy Nogerbek va boshqalar.
Suratga olish ishlari Ispaniya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tdi, bu esa tarixiy kontekstning haqiqiyligini saqlab qolish imkonini berdi. Filmning Qozog‘istondagi premyerasi 2025-yil kuzining oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, shundan so‘ng «Перемирие» Netflix katalogida paydo bo‘ladi.