Kimlar uchun: an’anaviy san’at sohasida ko‘nikmalarni rivojlantirishga intilayotgan yosh rassomlar va hunarmandchilik ixlosmandlari uchun.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2025-yil 15-oktyabr, soat 23:59.
Qachon va qayerda:
Birinchi qism Toshkentda (bir hafta), so‘ngra dastur YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Samarqandda (ikki hafta) davom etadi.
Ishtirokchilar soni: jami 15 kishi.
Ishtirokchilarni nima kutmoqda?
- Arxitektura va bezak san’atini chuqur o‘rganish.
- Ulug‘bek madrasasi misolida amaliyot: handasa, naqsh, xattotlik, g‘isht terish.
- Chizmachilik, bezak elementlarini yaratish, shakl va naqsh bilan ishlash bo‘yicha mahorat darslari.
- Arxitektura yodgorliklari va tarixiy obyektlarga kirish - madaniy kontekstda jonli ijod.
Finalda YUNESKO konferensiyasi doirasidagi yakuniy ishlar ko‘rgazmasi - o‘z loyihalarini keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyati bo‘ladi.
Dasturga nimalar kiritilgan?
- Kursning butun davri davomida to‘liq yashash.
- Barcha zarur materiallar: asboblar, sarflash materiallari va boshqalar.
- O‘quv resurslari va yodgorliklardan foydalanish imkoniyati.
- Madaniy muhitga sho‘ng‘ish, xalqaro almashinuv va tajribali o‘qituvchilar bilan hamkorlik.
- Dasturning bo‘lajak modullarida ustuvor ishtirok etish va ikki yillik diplomga (2026-yilda boshlanadi) kirishdagi imtiyoz.
Qanday ariza topshirish mumkin
So‘rovnomani rasmiy shakl orqali to‘ldiring (havola tashkilotchilar saytida ko‘rsatilgan).
