Cadet (2024) — mistika elementlari bilan dramatik dahshatli film. U kadetlar maktabiga ko‘chib o‘tgan ona va o‘g‘il haqida hikoya qiladi. Bu yerda yosh qahramon tengdoshlarining tazyiqiga uchraydi va asta-sekin mash’um voqealar domiga tortiladi.
Jahon premyerasi 2024-yil 1-noyabrda Tokio kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, film Berlinale, Karlovi Var va SXSW London festivallarida namoyish etildi.
Rejissor Yerjanovning ta’kidlashicha, dastlabki bosqichlarda loyihani bir necha bor rad etishgan: ssenariy "juda qorong‘u" va "artxaus" deb atalgan. Biroq kartina byudjetni qopladi va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
"Bizning tomoshabin turli filmlarni xohlaydi. Bizning janrlarimiz o‘zgarmoqda," - deb yozdi Yerjanov Instagramda nomzodlik e’lon qilinganidan keyin.