Tashkilotchilar butun dunyodagi rassomlar, yozuvchilar, shoirlar va tadqiqotchilarga jamoaviylik va hamkorlikdagi ijodni qanday qilib qayta tasavvur qilish mumkinligi, san’at chegaralarni kesib o‘tishga va muloqotning yangi shakllarini yaratishga qanday yordam berishi, ijodiy amaliyotlar qanday qilib qatag‘on va zo‘ravonlikka qarshilik ko‘rsatish usuliga aylanishi, tasavvur orqali erkinlik va kelajak uchun qanday imkoniyatlar ochish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilmoqda.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 31-oktyabr
Ishtirok etish: Onlayn
Qabul qilinadigan ishlar:
- Matnlar (she’riyat, qisqa hikoyalar, esselar);
- Vizual va gibrid loyihalar.
Tillar:
- Ingliz, portugal, fransuz, ispan, italyan;
- Boshqa tillar (ayniqsa, Afrika va noyevropa tillari) — sanab o‘tilgan tillardan biriga tarjima qilish sharti bilan.
Nimalarni yuborish kerak:
- Ariza (annotatsiya, matn, she’r yoki vizual ish g‘oyasi)
- Qisqacha tarjimai hol (150 tagacha so‘z)
Topshirish uchun email: mafambanecollective@gmail.com
Xususiyatlari:
- Nashr ko‘p tilli, ISBN bilan.
- San’at, jamoaviylik, harakat, qatag‘onlarga qarshilik ko‘rsatish va erkinlikning yangi shakllarini izlashga qaratilgan.
- Tashkilotchi: Mafambane Collective
