O‘tkazilish sanalari: 2026-yil 19-25-mart
Manzil: Praga, Chexiya
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 14-noyabr
Ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida - ishlab chiqishdan post-prodakshngacha bo‘lgan ijodiy hujjatli loyihalar, shuningdek, tayyor qisqa va to‘liq metrajli filmlar taklif etiladi.Mintaqa bilan tematik jihatdan bog‘liq xalqaro loyihalar ham qabul qilinadi.
East Doc Platform hujjatli filmlar uchun yetakchi sanoat maydonchasi bo‘lib, u yerda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- East Doc Forum’da o‘z loyihasini taqdim etish;
- East Doc Market’da prodyuserlar, distribyutorlar, savdo agentlari va festivallar vakillari bilan uchrashish;
- ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida professional aloqalar o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash.
Ariza qanday topshiriladi:Batafsil ma’lumot va ariza shakli @dokweb_net akkauntidagi havola orqali yoki East Doc Platformasining asl postida mavjud.
Tashkilotchi: One World / Jeden svět festivali ko‘magida Hujjatli filmlar instituti (IDF).
