Fransiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum jinoyatchilar muzeyga kirib, imperator kolleksiyasidan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Politsiya tergov olib bormoqda, hujum qilganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Vazir jabrlanganlar yo‘qligini tasdiqladi, biroq o‘g‘irlangan eksponatlar tafsilotlari tergov manfaatlari nuqtai nazaridan hozircha oshkor qilinmayapti.
Luvr matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muzey "favqulodda holatlar tufayli" tashrif buyurish uchun vaqtincha yopilgan. Voqea joyiga tergovchilar va kriminalistlar yetib kelgan, muzey atrofi o‘rab olingan, harakat cheklangan.
Fransiya rasmiylari dastlabki tergov harakatlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Kunning ikkinchi yarmida Le Parisien gazetasi Luvr binosi yaqinida o‘g‘irlangan eksponatlardan biri topilgani haqida xabar berdi - taxminlarga ko‘ra, jinoyatchilar uni qochishga uringanlarida yo‘qotib qo‘yishgan. Taqinchoq - Napoleon III ning rafiqasi, imperator Yevgeniya uchun maxsus tayyorlangan toj shikastlangan holda topilgan.
Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati TF1 telekanali efirida topilmani tasdiqladi va "bezak haqiqatan ham imperator kolleksiyasiga tegishli" ekanligini ta’kidladi.