Tashkilotchilar 2026-2027 yilgi mavsum uchun ishtirokchilarni e’lon qildi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Dastur quyidagilar uchun ochiq:
· rassomlar (tasviriy san’at, perfomans, ovoz, kino, arxitektura);
· dizaynerlar (mahsulot, moda, makon, interaktiv);
· kuratorlar va fanlararo tadqiqotchilar;
· san’at, shahar va biznes tutashgan joyda ishlaydigan mutaxassislar.
Ishtirok etish shartlari
· Rezidentlik muddati: 8-10 hafta.
· Shakl: Chengdu shahridagi 1-2 ta ommaviy tadbirda ishtirok etish va Super Agent tizimi orqali mahalliy hamjamiyat bilan muloqot qilish - kontekstga tezda kirish uchun mahalliy aholi bilan hamkorlik qilish.
Ariza topshirish
· Muddat: 2025-yil 31-oktyabr (2026-2027-yilgi mavsum uchun). Ushbu sanadan keyin yuborilgan arizalar keyingi siklda ko‘rib chiqiladi.
· Topshirish manzili: a4residency@a4am.cn Xat mavzusi: A4 International Residency Application - [Ismingiz]
· Kerakli materiallar:
- portfolio va fotosuratlar;
- CV;
- loyiha taklifi;
- barcha materiallar - ingliz va xitoy tillarida.
Dastur nimani taqdim etadi?
· studiya va turar joy;
· yo‘l xarajatlarini qoplash (aviachiptalar - ekonom/poyezd - 2-sinf, byudjet doirasida);
• materiallar uchun 10 000 RMB miqdorida ishlab chiqarish granti;
· mahalliy hamjamiyatlar, brendlar va institutlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatlari;
· ommaviy namoyishlar va media yordami.