Astana Art Fair Markaziy Osiyo, Rossiya va boshqa mamlakatlarning galereyalari, badiiy guruhlari va rassomlarini birlashtiradi. Tashkilotchilar loyihani mintaqaning kreativ iqtisodiyoti va art-bozorini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli tashabbus deb atashadi.
Bu yilgi asosiy mavzu "Bolajakning ildizlari" bo‘lib, u madaniy ildizlarning kelajakni shakllantirishga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi va Ostonaning Yevroosiyoda o‘sib borayotgan badiiy almashinuv markazi sifatidagi rolini ta’kidlaydi.
Dasturdan galereya stendlari, chiqishlar, kuratorlar, tanqidchilar va san’at amaliyotchilarining ma’ruzalari va seminarlari o‘rin olgan. Ishtirokchilar orasida O‘zbekistondan galereyalar - "Bonum Factum" va "Andakulova Gallery" bor.
Tadbir shahar hokimiyati, madaniyat institutlari va media hamkorlari ko‘magida o‘tkazilmoqda. Astana Art Fair zamonaviy san’atning g‘oyalari, tajribalari va yangi nomlari uchrashadigan maydonga aylanishni va’da qilmoqda.
