Tanlovda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta maxsus yoki oliy badiiy ma’lumotga ega rassomlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov yo‘nalishlari
- Tasviriy san’at: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik;
- Dizayn: arxitektura, interyer, landshaft;
- Zamonaviy san’at: fotoart, videoart, installyatsiya, performans va boshqalar;
- Amaliy-dekorativ san’at.
Tanlov mavzusi — erkin.
Tanlov bosqichlari
1-bosqich. Saralash
2025-yil 6-27-oktyabr
Ishtirok etish uchun festivaldhv23@mail.ru elektron pochtasiga quyidagi materiallarni yuborish kerak:
- ishtirokchi anketasi;
- pasport nusxasi;
- ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- so‘nggi 5 yil ichida yaratgan ishlarining 3-5 ta fotosurati (PDF yoki JPG formatida).
Arizalarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
2-bosqich. Yakuniy
2025-yil 1 - 14-noyabr Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zali (Toshkent shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 40-uy)
Bu bosqichda saralashdan o‘tgan ishtirokchilarning saralab olingan asarlarini qabul qilish amalga oshiriladi.
Yakuniy ko‘rgazma
2025-yil 21-noyabr Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zali
Shu kuni yakuniy ekspozitsiya va tanlov dasturi bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Ishtirokchining batafsil ma’lumotlari va so‘rovnomasi rasmiy saytlarda mavjud: www.art-academy.uz www.dhv-art.uz
