Yangi maktab o‘quv markazi, ustaxona va galereyani birlashtiradi. Loyiha uchun yer uchastkasi O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga binoan hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish dasturi doirasida ajratilgan.
Maktabning maqsadi milliy kashtachilikning qadimiy an’analarini saqlab qolish va yosh qizlarga mustaqil ravishda o‘qish, ijod qilish va daromad topish imkoniyatini berishdan iborat. Bu yerda ular naqshlar ramzlarini o‘rganadilar, qadimiy texnikalarni o‘zlashtiradilar va o‘zlarining mualliflik g‘oyalarini amalga oshiradilar.
Klassik texnikalar va mualliflik uslubi uyg‘unlashtirilgan asarlari bilan tanilgan Madina Qosimbayeva maktab-ustaxona yaratish uning uzoq yillik orzusi ekanligini ta’kidladi.
"Suzuk ota"da kulollar, yog‘och o‘ymakorlari, zargarlar, to‘quvchilar ishlaydi. Endi ular safiga Qosimboyeva maktabi o‘quvchilari — o‘zbek so‘zana maktabi an’analarini davom ettirayotgan yosh rassomlar qo‘shildi.
Maktab birinchi o‘quvchilarni qabul qilishni boshladi. Yaqin kunlarda bu yerda xalq amaliy san’ati ustalari, tadqiqotchilari va muxlislarini birlashtirishga qaratilgan mahorat darslari, ko‘rgazmalar va ijodiy qarorgohlar bo‘lib o‘tadi.