Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi alohida madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy binolar, arxeologik majmualar va tabiiy landshaftlarning tezroq vayron bo‘lishiga olib kelmoqda.
Hisobotga ko‘ra, namlik va harorat o‘zgarishlariga sezgir materiallardan qurilgan qirg‘oqbo‘yi hududlari va qadimiy shaharlar eng zaif bo‘lib chiqdi. Dengiz sathining ko‘tarilishi, ekstremal yog‘ingarchilik va issiqlik to‘lqinlari allaqachon Venetsiya, Machu-Pikchu va Stounxendj kabi mashhur joylarga katta ko'lamda zarar yetkazmoqda.
"Biz tashvishli tendensiyani kuzatmoqdamiz: yuzlab va hatto minglab yillar davomida mavjud bo‘lgan yodgorliklar tom ma’noda ko‘z o‘ngida vayron bo‘la boshladi", — dedi tadqiqot mualliflaridan biri.
Ekspertlar jahon hamjamiyatini madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Takliflar orasida obyektlar holatini monitoring qilishni kuchaytirish, iqlimga chidamli restavratsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va muhofaza etiladigan hududlarni qo‘llab-quvvatlash xalqaro jamg‘armasini tashkil etish kabilar bor.
Olimlar ogohlantirmoqda: agar iqlim o‘zgarishi sur’atlari saqlanib qolsa, insoniyat yaqin o‘n yilliklarda o‘z tarixining bir qismini yo‘qotishi mumkin.
