Bu yilgi festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy
muloqotning o‘n yilligini nishonlaydi, til va geografik farqlarga qaramay, u
insonlarning taqdiri bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lishi mumkinligini
isbotlaydi.
Yubiley festivali dasturiga she’riy
dramalar va ilhomlantiruvchi tarjimayi hollardan tortib zamonaviy komediyalar
va falsafiy mulohazalargacha bo‘lgan mavzularni qamrab olgan Yevropaning 12
davlatidan 12 ta film kiritilgan.
Festival Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va YeIga
a’zo davlatlar elchixonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya
agentligi ko‘magida tashkil etilmoqda. Barcha namoyishlar bepul, filmlar esa
o‘zbek va/yoki rus tillarida subtitrlar bilan asl tillarda namoyish etiladi.
