Kettik! 06.11

Kettik!

Haftalik afisha

Kuz mavsumining teran pallasi dolchinli achchiq qahvaga o‘xshaydi: biroz dilgirlik, iliqlik va shiddat bilan o‘tib borayotgan vaqt hissi. Lekin madaniy hayot endi faollashyapti, u xuddi kuzga o‘zgacha tarovat bag‘ishlayotganga o‘xshaydi. Ushbu haftada — ko‘rgazmalarning ochilishi, uzoq kutilgan konsertlar va festivallar, kelajak haqidagi spektakllar va bugungi kun mavzulari o‘rin olgan.

«Lahza» ko‘rgazmasi

Qachon: ochilishi 04.11.2025

Qayerda: Art Station, Samarqand

«Lahza» ko‘rgazmasi Engage H2O yozgi kino va foto maktabi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan fotosuratlar, slayd-shou va filmlardan iborat 50 ta ishni jamlagan. Asosiy mavzu: suv, vaqt va kundalik harakatlar.

«Modernizmning me’moriy yo‘nalishlari: qayerda nimani ko‘rish kerak» mavzusidagi ma’ruza

Qachon: 6-noyabr, payshanba, 18:00

Qayerda: Respublika bolalar kutubxonasi

Konstruktivizmdan zamonaviy shahar muhitigacha: O‘zbekiston modernizmi merosiga sho‘ng‘iymiz. Poytaxtning asosiy binolarini ko‘rib chiqamiz, XX asr me’morchiligi qanday shakllanganini va nima uchun bugungi kunda u madaniy xotiraning muhim qismi sifatida qabul qilinishini bilib olamiz. Uchrashuvni arxitektura sohasi tarixchisi Anna Bronovitskaya olib boradi.

«Ertaga» spektakli

Qachon: 6-noyabr, payshanba, 19:00

Qayerda: «Ilhom» teatri

Artyom Kim laboratoriyasi va Mark Vaylning «Ilhom» teatri Nikita Makarenkoning «Ertaga» pyesasini taqdim etadi. Spektakl hayot mazmunini qidirish, tanlov va kelajak oldidagi qo‘rquv haqida. «Ilhom» teatri tashvish va noaniqlikka to‘la dunyo haqida so‘zlovchi hikoyani birgalikda boshdan kechirishga chorlaydi.

Dinara Asanovaning «Xotinim ketdi» filmi namoyishi (NOMSIZ festivali doirasida)

Qachon: 6-noyabr 19:00

Qayerda: Kinoxona

Film bir qarashdan hammasi ko‘ngildagiday tuyulgan oila tarixini so‘zlaydi. Erkak ayoli bilan hayoti joyida ekanligiga ishonchi komil, lekin 11 yillik turmushdan keyin rafiqasi kutilmaganda eri bilan o‘g‘lini tashlab ketadi.

Namoyishdan so‘ng tadqiqotchi va rassom Raxat Asangulova Qizi sovet kinosining eng yorqin va o‘ziga xos mualliflaridan biri Dinara Asanovaning ijodi haqida hikoya qiladi.

Ijtimoiy raqslar kechasi — kizomba, bachata, salsa

Qachon: 6-noyabr, payshanba, 21:00

Qayerda: Nukus 89 

Raqs kechasi: yengil qadamlar ehtirosli burilishlarga aylanadi, raqs maydoni yorug‘likka to‘ladi va har kim o‘z tanasiga erkinlik beradi.

Premyera 2.0. Fragments: Electronic Music of Uzbekistan

Qachon: 7-noyabr, juma 20:00

Qayerda: Nukus 89

«Kinogap» ijodiy uyushmasining O‘zbekiston elektron musiqasi haqidagi hujjatli filmi namoyishi. Ekranda elektron sahna kechasi: Densk, ISL va Same Mistakes — O‘zbekiston klub madaniyatini arxiv sifatida o‘rganuvchi DJlar.

«Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» spektakli

Qachon: 7-noyabr, juma, 19:00

Qayerda: Yunon madaniyati markazi

Eng mashhur antiutopiya romani asosidagi rekviyem spektakl. Yunon madaniyati markazida sahnalashtirilgan asar ideallar translyatsiyasi, vizual parallellar, madaniy xotira va ichki ziddiyatlar bilan yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

KVADRAT — w/ Aleksey Polyakov, Thegarda Felix, Akee, Plovlover, Smirnov B2B Ianiiiron B2B Di Creart B2B Jura

Qachon: 8-noyabr, shanba 21:00

Qayerda: Nukus 89

KVADRAT 80-yillarning disko kechasi bilan qaytmoqda: oynali sharlar, sevimli xitlar bilan yorqinlik va neon davriga yo‘l olamiz. Kuchli vizual uslub va mahalliy hamjamiyatga urg‘u berilgan shahar kechalari seriyasidan.

«Ostona filarmoniyasi» konserti

Qachon: 8-noyabr, shanba, 19:00

Qayerda: Davlat konservatoriyasi

Poytaxt mehmonlari kechani Qozog‘istonning yetakchi simfonik jamoalaridan biri «Ostona filarmoniyasi» bilan o‘tkazadi. Orkestr klassik asarlar, aranjirovkalar va zamonaviy kompozitsiyalarni ijro etadi.

«Navigator» ko‘rgazmasi

Qachon: 1.11-15.11, har kuni 12:00 dan 00:00+ gacha

Qayerda: Nukus 89

«Navigator» — zamonaviy sanʼatning badiiy manzillari bo‘yicha ko‘rgazma-yo‘lko‘rsatkich. Ko‘rgazmaga kun-u tun kirish imkoniyati barcha installyatsiyalarni tomosha qilish uchun qulay. Xarita bo‘yicha emas, balki his qilib sayohat qilish uchun albatta, keling.

Tojikiston simfonik orkestri

Qachon: 8-noyabr, 19:00

Qayerda: Davlat konservatoriyasi

Dushanbelik musiqachilarning katta konserti. Sahnada Sharqning simfonik sadosi: mashhur orkestr ijrosidagi mumtoz va milliy kuylar yangraydi.

«Muhtasham yuz yil» saundtreklari konserti

Qachon: 7-noyabr, juma 19:30

Qayerda: Xalqlar do‘stligi saroyi

Afsonaviy turk seriali musiqasi ekrandan tashqarida yangraydi. Shaharning eng yaxshi madaniy jamoalari ijrosidagi kechada tanish musiqalarni jonli eshitamiz va tarix bo‘ylab sayohat qilamiz.

RISHAT — OKEAN: YANGI QO‘SHIQ VA KLIP PREMYERASI

Qachon: 7-noyabr, juma, 18:30 (mehmonlar yig‘ilishi), 19:00 - boshlanishi

Qayerda: Community, O‘qchi, 3

X-Factor loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibi Rishat Toktibakiyev yangi treki va unga ishlangan videoklipini taqdim etadi. Tadbir premyerani birinchilardan bo‘lib ko‘rish va qo‘shiq haqida muallifning o‘zidan eshitish imkoniyatini beradi.

«Puls» ko‘rgazmasi

Qachon: 30.10.2025 dan 24.11.2025 gacha  

Qayerda: Tasviriy san’at galereyasi (O‘zMB)

Yosh rassomlarning bir qator asarlarida vaqt ritmi aks ettirilgan, galereya esa shahar metronomiga o‘xshaydi. Polotnolar orasida o‘z tomir urishingizni eshitish uchun keling.

«So‘zana tushimizda va o‘ngimizda» ko‘rgazmasi

Qachon: 25.10.2025 dan 31.12.2025 gacha

Qayerda: «Navro‘z» bog‘i 

O‘zbek madaniyatining eng asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan so‘zanaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishi. Unda har bir naqsh bu ayollar muhim narsalar haqida gaplashgan o‘ziga xos tildir. Uch nafar rassom bu an’anaga o‘z nuqtayi nazari bilan qaraydi: Lola Novkovich — grafika; Feruza Aliyeva — batik; Natalya Yalisheva — chinni.

Yevropa kinosi festivali

Qachon: 7-9-noyabr

Qayerda: Milliy kino san’ati saroyi

Uch kun davomida kichik Yevropaga go‘yo portallar ochiladi: Germaniyadan Maltagacha bo‘lgan 12 mamlakatdan dramalar, komediyalar, animatsiya va hujjatli filmlar namoyishi. Aytish joizki, dasturga kiritilgan filmlar kamdan-kam holatda mahalliy prokatgacha yetib keladi. Festival Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning 10 yilligini nishonlamoqda. Kino namoyishlaridan tashqari, mehmonlarni Ispaniyaning Aire Nuevo Danza truppasi raqs tomoshasi va «Avlodlar» mavzusidagi qisqa metrajli filmlar to‘plami kutmoqda.

NOMSIZ festivali namoyishlari va artist- toki

Qachon: 8-noyabr, shanba

Qayerda:  Kinoxona

Eksperimental kino, munozaralar va rejissyorlar bilan uchrashuvlarni birlashtirgan bir kun. NOMSIZ festivali tomoshabinlarni Markaziy Osiyo va boshqa davlatlarning hujjatli filmlari va vizual esselari bilan tanishtiradi.

«Boshqa o‘yinlar. Improvizatsiya»

Qachon: 8-oktyabr, shanba, 19:30

Qayerda:  Eco cafe

Kecha jonli improvizatsiyaga bag‘ishlangan: sahnaning o‘zida o‘ylab topilgan voqealar va vaziyatlar aktyorlar tomonidan tayyorgarliksiz ijro etiladi. Har bir sahna o‘ziga xos, har bir hazil va hissiyot tomoshabin bilan birga tug‘iladi. Yengil, samimiy muhitda tomoshabin o‘yinning bir qismiga aylanadi.

«Oltin kuz» II xalqaro festivali

Qachon: 3-11-noyabr

Mumtoz musiqa, kamera konsertlari, xalqaro jamoalar va mamlakatimizning yosh iste’dodlari ishtirokidagi festivalning keng ko‘lamli dasturi Toshkentning teran kuz fasliga ko‘rk bag‘ishlaydi.

«Tana. Vaqt. Hayot» ko‘rgazmasi

Qachon: 3-8-noyabr  

Qayerda: Bonum Factum

Kirish bepul

Davrimiz uchun inson va undagi o‘zgarishlar haqidagi juda muhim ko‘rgazmada tana zaifligi va qudrati, vaqt harakati, kechinmalar va ichki tuyg‘ular bor.

Art Bazaar

Qachon: 9-noyabr, 10:00

Qayerda: AZIMUT Grand Hotel Tashkent

Britaniyalik olimlar isbotlaganidek, xarid stressga qarshi eng yaxshi vositadir. Dizaynerlik, san’at, esdalik buyumlari — barchasini olishni istab qolasiz. Erta tongdan yangi qahva va keng tanlov!

Mumiy Troll konserti

Qachon: dushanba, 10-noyabr, 19:00

Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi

Omadingiz bor ekan... Toshkentda rus rokining afsonasi! Sevimli xitlar, sog‘inch hissi, musiqa energiyasi, kuchli rok-saund va Ilya Lagutenko xarizmasi. Bunga lol qolishingiz aniq.

«Zamonaviy san’at nima?» mavzusidagi ma’ruza

Qachon: 11-noyabr, 19:00

Qayerda: Kitob olami majmuasi

Zamonaviy san’atga qanday qarash va uni tushunish kerakligi hamda umumiy g‘oya va shakl o‘rtasidagi chegarani ko‘rib chiqamiz. Ground Zero Kitob Olamida musavvir Sardor Erkinovning ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.

Sayyora Gоfurova gala-kechasi

Qachon: chorshanba, 12-noyabr, 18:30

Qayerda: Davlat konservatoriyasi

Mamlakatning taniqli san’atkorlaridan birining kechasida ovozni birinchi soniyalardanoq taniysiz.

«Svetayeva. Fedra» spektakli

Qachon: 13-noyabr, payshanba, 19:00

Qayerda: Ilhom teatri

Kumush asrning murakkab siymosi Marina Svetayeva va afsonaviy Fedra: she’riyat va fojia uchrashuvi. Pyesa muhabbat, erkinlik, barcha rollarni o‘zi taqsimlagan dunyoda o‘zlikni saqlab qolish murakkabligi haqida.

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.