Tadbir Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
tomonidan Nukus shahrida tashkil etilgan birinchi Fransuz madaniyati festivali
doirasida o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilishi 5-noyabr kuni soat 12:00 da
bo‘lib o‘tdi va 30-noyabrgacha davom etadi. Avvalroq loyiha Toshkentda taqdim
etilgan edi.
Nukusdagi Fransuz madaniyati festivali Fransiya va
O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuv uchun yangi maydondir.
Dasturdan mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash
va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘rgazmalar, konsertlar,
filmlar namoyishlari, ma’ruzalar va mahorat darslari o‘rin olgan.
