1-noyabr kuni galereya maxsus mehmonlar uchun yopiq ko‘rgazma o‘tkazdi, 2-noyabrdan boshlab ko‘rgazma barcha uchun ochiq, kirish bepul. Bu muallifning so‘nggi besh yildagi birinchi shaxsiy ko‘rgazmasidir.
Rassom «One More Life» seriyasi ustida bir necha yil ishlagan. Loyiha shakl, vizual xotira va ularning o‘zgarish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asarlar asosida Sharq me’morchiligining muhim elementi bo‘lgan muqarnaslar yotadi.
Rahmatullayev jahon rangtasvir san’atidan syujetlar olib, ularni qayta ishlaydi, ornamentli tuzilmalar bilan qoplaydi. Natijada mumtoz kompozitsiyalar sharqona bezak an’analari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Loyiha rassom uchun timsolning «ikkinchi hayoti» haqidagi o‘ylar va san’atning mazmunini saqlab qolgan holda uning o‘zgarishi to‘g‘risidagi xayollarga tola yangi ijodiy nuqtaga aylanmoqda.
Regeneration Art Gallery uchun ham ko‘rgazma alohida ahamiyatga ega — bu muallifning qaytishi hamda madaniy meros, moddiylik va insonning san’atdagi ishtiroki haqidagi suhbatga qaratilgan dasturning davomidir.