Ushbu tashabbus metro jamoat maydonini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda: poyezd kutish hududi o‘qish va adabiyotlar almashish maydoniga aylandi.
Loyiha transportdan foydalanish qulayligini oshirish va shahar madaniyatini rivojlantirish dasturining bir qismi sifatida ko‘zda tutilgan. Metropolitenda mahalliy va xorijiy mualliflarning kitoblarini joylashtirish uchun maxsus joy ajratildi, kitobxonlar o‘rindiqlar va qo‘shimcha qulayliklardan bemalol foydalanishlari mumkin.
Hozirda yangi «kitob bekati» ishlayapti, metrodan foydalanuvchilar poyezdga chiqishdan oldin kitoblarni tanlashlari va mutolaa orqali vaqt o‘tkazishlari mumkin.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, loyiha rivojlanib boradi: yaqin oylarda turli mavzularga oid ko‘rgazmalar, kitoblar bo‘yicha uchrashuvlar va kitob almashish aksiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.