Klipga Damir Mubinov rejissyorlik qilgan, Abstract VS va SEKTA Agency prodyuser sifatida ishtirok etgan. Loyiha bosh prodyuseri Bekzod Abduvaliyev, koprodyuser Sergey Kim.
Bekzod Abduvaliyev Instagramdagi sahifasida suratga olish g‘oyasi kutilmaganda paydo bo‘lganini aytadi: prodyuser Sergey Kim unga qo‘ng‘iroq qilib, guruh shaharda bo‘lganidan foydalanib klip suratga olishni taklif qilgan.
Atigi yarim soat ichida jamoa tuzilib, loyiha boshlanib ketgan. Abduvaliyevning ta’kidlashicha, maydonda muhit xotirjam bo‘lgan, butun jamoa ushbu loyiha ustida mamnunlik bilan ishlagan, Vladi esa a’lo darajada tashkillashtirilgan jarayondan hayratda qolgan.
Loyiha toshkentlik mutaxassislar va rossiyalik san’atkorlarni birlashtirgan o‘ziga xos ijodiy tajriba, shuningdek, qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan kreativ prodakshn mahoratining yorqin namunasi bo‘ldi.
Klip YouTube tarmog‘ida: