Noyabr oyi
boshidan Toshkentdagi Fransiya alyansi binosi yopildi, u yerda jamoa iyun
oyidan beri ishlab, mustaqil teatr hamjamiyatini yaratgan holda, spektakllar
namoyish etib kelgan edi.
Aktyorlar va rejissyorlar yangi spektakllar tayyorlayapti, eskilarini tiklab, qayta ishlayapti, gastrollar va namoyishlar bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Ammo bitta katta muammomiz bo‘lmaganida… hammasi ko‘ngildagidek kechardi.
Teatr ishtirokchilari
Teatr
jamoasi ijodiy erkinlik va mustaqillik muhitini texnik va senzura
cheklovlarisiz saqlab qolish imkonini beradigan maydonni izlayotganini
ta’kidlaydi. Tomoshabinlar va san’atkorlar uchun qulaylik ustuvor bo‘lib
qolmoqda.
Teatr
mustaqil san’atni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha do‘stlar, tomoshabinlar va sheriklariga minnatdorlik bildirar
ekan, Toshkent markazida yangi zal topishda yordam bera oladiganlarni hamkorlikka
chorlayapti.
Doimiy manzil izlash ishlari bilan birga
spektakllar davom etyapti — jamoa do‘stlarining sahnasida namoyishlar o‘tkazib, yangi
spektakllarni tayyorlayapti.
«Boshqa hayvonlar» teatrining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali afishalarni kuzatib
borish va yordam taklif qilish mumkin.
