O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyida «Nafis san’at ustaxonasi» nomli yangi dastur o‘z ishini boshlaydi. Mehmonlarni klassik muzey formatlari va zamonaviy badiiy amaliyotlarni birlashtirgan ijodiy ustaxonalar, ekskursiyalar va uchrashuvlar kutmoqda.
Dasturga plenerlar (ochiq havoda rasm chizish jarayoni), xomaki tasvirlar bo‘yicha mashg‘ulotlar, shuningdek, taklif etilgan rassomlar ishtirokidagi mahorat darslari kiritilgan.
Kun tartibi:
23-noyabr
• 13:00–14:00 — Xomaki tasvirlar ustaxonasi: portret (9+)
• 15:00–16:00 — Alina Mish ishtirokidagi syurpriz ustaxona (6+)
30-noyabr
• 13:00–14:00 — Xomaki tasvirlar ustaxonasi: portret (9+)
• 15:00–16:00 — Serafim Dim ishtirokidagi syurpriz ustaxona (6+)
acdflibrary.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, bepul qatnashishingiz mumkin.