SHAHARSOZ mukofoti
har yili yosh mutaxassislarning eng yaxshi loyihalarini aniqlab, shahar
muhitini rivojlantirish sohasidagi yangi g‘oyalarga e’tiborni qaratadi.
Ishtirokchilar shaharsozlik, arxitektura va konstruksiya yo‘nalishlari bo‘yicha diplom
ishlarini taqdim etadi va har xil
maxsus mavzudagi nominatsiyalar bo‘yicha bellashadi. Bu yilgi umumiy mukofot jamg‘armasi
113,5 million so‘mni tashkil etadi.
Tadbir
mehmonlarini yakuniy loyihalar: shahar infratuzilmasi, turar-joy va jamoat
joylarining yangicha manzaralarini taklif etuvchi dadil g‘oyalar ko‘rgazmasi
kutmoqda. Shuningdek, marosim doirasida O‘zbekiston xalq artisti Sevara
Nazarxon ishtirokida musiqiy dastur namoyish etiladi.
Sana va vaqt:
27-noyabr, 18:00
Manzil: Nukus 89
