Ekspozitsiya Markaziy Osiyoning zamonaviy san’atiga bag‘ishlangan dasturning bir qismiga aylandi va yevropalik kuratorlar, kolleksionerlar va keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Ko‘rgazma Le Consulat Voltaire (14 avenue Parmentier, Paris, 11ème) manzilida 2025-yil 24-noyabrdan 5-dekabrgacha davom etadi.
Ko‘rgazma markazidan shaxsiy hikoyalar, atrof-muhitning vizual tadqiqotlari va hujjatli fotosuratga yangi yondashuvlar o‘rin olgan. Uch mamlakat ijodkorlari shahar qiyofalarining yangilanishi, yosh avlod hayoti, xotira, oilaviy an’analar va mintaqa boshidan kechirayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan turkum asarlarni taqdim etdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston nomidan Ernest Kurtveliyev ishtirok etmoqda. Uning milliy o‘yin “Ko‘pkari”ga bag‘ishlangan turkumi otlar harakati, chang-to‘zonli muhit va ishtirokchilarning shiddatli zavq-shavqiga to‘la. Kurtveliyev jasorat, chidamlilik va birodarlikning butun dunyosini ko‘rsatadi, unda har bir sahna vizual marosimga aylanadi.
Tashkilotchilarning aytishicha, loyiha Markaziy Osiyo rassomlariga xalqaro miqyosga chiqish va Yevropa institutlarida hamon kamnamo bo‘lgan vizual madaniyatning xilma-xilligini namoyish etish imkonini beruvchi platforma sifatida ishlab chiqilgan. Tomoshabinlar fotosuratlarning hissiy jihatdan teranligini, shuningdek, so‘nggi yillarda faol o‘zgarayotgan mintaqaga yangicha va kutilmagan samimiy nigoh borligini ta’kidlamoqda.
Ko‘rgazma ommaviy muhokamalar va mualliflar ishtirokidagi uchrashuvlar bilan yakunlandi. Bu Yevropa san’at hamjamiyati va Markaziy Osiyo rassomlari o‘rtasidagi professional muloqotni rivojlantirish yo‘lida qo‘shimcha qadam bo‘ldi.