2025–2026 mavzusi: ORALIK / ПРОСТРАНСТВО

Oraliq: – geografiya va chegaralar – madaniy va ijtimoiy kontekst – shaxsiy kechinmalar hamda ichki va dunyoviy – raqamli va virtual muhit sifatida.

Kim ariza berishi mumkin?

• rassomlar, vizual va sohalararo mualliflar
• yosh — 40 gacha
• mamlakatlar — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston
Loyiha bir vaqtning o‘zida bir nechta formatlar va platformalarni birlashtiradi:
- Iskandarko‘l tog‘laridagi art-rezidensiya (Tojikiston)
- ta’lim dasturi va onlayn platforma
- 30 dan ortiq yosh rassomlar portfoliosini nashr etish
- Dushanbedagi yakuniy ko‘rgazma

Dastur kun tartibi

• Iskandarko‘lda bir haftalik san’at rezidensiyasi (2026-yil mart)
• onlayn ma’ruzalar, vorkshoplar va kuratorlar bilan uchrashuvlar
• ikkita oflayn workshop
• tanlangan portfoliolarni nashr etish orqali onlayn platformani ishga tushirish;
• Dushanbedagi yakuniy ko‘rgazma

Ariza qanday topshiriladi?

• portfolio (10 tagacha ish)
• CV / rezyume
• rezidensiyada rivojlantirishni rejalashtirayotgan loyihangiz tavsifi
• aloqa ma’lumotlarini yuborish zarur.
Dedlayn: 2025-yil 15-dekabr
Email: artresidencyca@gmail.com
«ORALIK / ПРОСТРАНСТВО» loyihasi ORALIK jamoasi (Aziza Sharopova va Nasiba Karimova) tomonidan Shveysariya hukumati ko‘magida «Quduq» madaniyat markazi jamoat fondining Art for Social Changes - Central Asia Lab of Cultural Leaders mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.