Taqdimotda
mustaqil tadqiqotchi, san’atshunos va PhD doktor Yuliya Sorokinaning ma’ruzasi
tinglandi, u Baxit Bubikanovaning usuli, vizual tili va ijodiy merosi haqida
so‘zlab berdi.
Baxit Bubikanova
o‘z avlodining eng mashhur rassomlaridan biri: uning amaliyotida jasorat,
ijtimoiy voqelikka e’tibor, shakl va materiallar bilan ishlash tajribasi, shuningdek, nozik kinoya
tuyg‘usi uyg‘unlashgan.
Uning asarlari
Qozog‘iston va xorijda bir necha bor namoyish etilib, xalqaro maydonda Markaziy Osiyo
san’ati haqida yaxshi tasavvur uyg‘otgan.
“Mo‘jiza”
installyatsiyasi rassomning so‘nggi asarlaridan biri bo‘lib, uning vizual va
kontseptual uslubi mohiyatidir. Asarda ijodkor tilining asosiy xususiyatlari: bo‘shliq
bilan ishlash, g‘ayritabiiylik, bezakdorlik, mifologik mavzular, kollaj va dekollaj taxnikasi, ramzlarning
takrorlanishi va ataylab o‘ylab topilgan “bema’nilik” elementlari birlashtirilgan.
Markaziy shakl
sifatida “erkinlik fazosi”ga olib boradigan asosiy portal xizmat qiladi, bu
yerda orqa devor kesilgan matolardan iborat. Konstruksiyaning orqa tomonida
tomoshabinlar uch o‘lchovli obyekt – impulsiv va o‘yin shaklidagi yorqin pushti
yulduz ramzini ko‘rishadi, Bubikanova undan o‘z ishlarida ko‘p foydalangan.
“Mo‘jiza”
namoyishi nafaqat badiiy voqea, balki o‘ziga xos xotira kechasiga aylandi.
Barchaga Markaziy Osiyoning yosh rassomlariga g‘oyalari bilan hamon ta’sir
ko‘rsatib kelayotgan Baxit Bubikanovaning ijodiy kuchini eslatdi.
