Yig‘ilishda TURKSOYga a’zo mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston madaniyat vazirlari ishtirok etdi va Andijonga ushbu maqomni berish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi.
2026-yil davomida Andijon turkiy xalqlar madaniy merosini asrab-avaylash, ommalashtirish va rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli madaniy tadbirlar: festivallar, konsertlar, ko‘rgazmalar, ilmiy va ta’lim dasturlari maydoniga aylanadi.
Ushbu maqom turkiy dunyo mamlakatlari sayyohlari, madaniyat arboblari va yoshlarining e’tiborini tortishi, shuningdek, mintaqaviy madaniyat va hamkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga turtki bo‘ladi.
Rasmiy bayonotda Andijon chuqur ildizlarga, boy madaniy va ma’naviy merosga ega tarixiy shahar ekanligi, bu TURKSOYning umumiy turkiy o‘ziga xosligini saqlash va xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha missiyasiga mos kelishi qayd etilgan.