«Haqiqiy» loyihasi shaxsiy tarixingizning bir qismini – oilaviy arxivlar, bolalikdagi rasmlar, aynan siz uchun qadrli bo‘lgan va xotiralarni saqlab kelayotgan noyob fotosuratlaringizni ulashishni taklif qilmoqda.
Rasm bilan birga unga qisqacha tavsif yoki bu suratning siz uchun ahamiyati haqidagi xotirangizni yozib yuboring.
Arizalar 15-dekabrga qadar direkt ga qabul qilinadi.
Ko‘rgazma doirasida bard qo‘shiqlari konserti, she’rxonlik, qo‘lda tikilgan kiyimlar va Qorbobodan yoqimli sovg‘alar o‘rin olgan bolalar archasi namoyishi rejalashtirilgan.
«Haqiqiy» kompaniyasi yaqindagina tashlandiq eski uyni hikoyalar, tasvirlar va his-tuyg‘ularga yangi hayot baxsh etuvchi ijodiy galereya makoniga aylantirdi. Ushbu tashabbus rassomlar va kuratorlar guruhiga tegishli.
«Haqiqiy» manzilida rassomchilik, haykaltaroshlik, kulolchilik, zamonaviy san’atni o‘z ichiga oladigan ko‘rgazmalar, installyatsiyalar, loyihalar o‘tkaziladi. Ular zamonaviy, eksperimental xususiyatlarga ega bo‘lib, ba’zan an’analarni qayta ko‘rib chiqadi.