Aleksey Ustimenko 1948-yil 15-oktyabrda Novosibirskda tug‘ilgan. ToshDU jurnalistika fakultetini tugatgach, "Комсомолец Узбекистана" ("O‘zbekiston komsomoli"), "Пионерская правда" ("Pionerskaya Pravda"), “Saida” nashrlarida ishlagan. 2006-2009-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalini boshqargan.
U Pyotr I davridagi Rossiya va XVIII asrdagi Markaziy Osiyo hayoti haqida so‘zlovchi "Странствующие в золотом мираже" ("Oltin sarobda sayohat qiluvchilar") (1994) monumental romani, "За кольцами далекого Сатурна" (“Olis Saturn halqalari ortida”), "Догоняющий камень" (“Quvayotgan tosh”) qissalari, "Когда стреляют на перевале" (“Dovonda o‘q otilganda”) hikoyalar to‘plami muallifi. “Sindbadning yangi sarguzashtlari”, “Farishta” multfilmlari va "По следам апостола Фомы" ("Havoriy Foma izidan"), "Врата покаяния" (“Tavba darvozasi”) nomli hujjatli filmlar uchun ssenariylar yozgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Rus adabiyoti kengashining faxriy a’zosi, Toshkent ochiq she’riyat festivali ishtirokchisi.
Tahririyat Aleksey Petrovich Ustimenkoning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
