Tadbir prodyuserlar, konsert va festival tashkilotchilari, chipta operatorlari, ovoz yozish kompaniyalari vakillari, ommaviy axborot vositalari va turdosh soha mutaxassislarini birlashtiradi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar dasturning ikkita parallel qismlariga tashrif buyurishi, netvorkingda ishtirok etishi, shuningdek, o‘z musiqalarini mutaxassislarga Listening Room formatida taqdim etishi mumkin. Bu yerda treklar soha mutaxassislari tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, forum Markaziy Osiyo musiqasi sohasida tajriba almashish, yo‘nalishlarni muhokama qilish va yangi professional aloqalarni o‘rnatish uchun maydon bo‘ladi.
Dastur jadvali va ro‘yxatdan o‘tish havola orqali.
Qayerda: AlmaU, «Tochka kipeniya», Rozibakiyev ko‘chasi, 227
Qachon: 13-14-dekabr
