Rezidensiya 15-noyabrdan 1-dekabrgacha davom etdi hamda dastlabki onlayn bosqich va Yaponiyadagi kunduzgi tadbirlarni ham o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar inson tanasi bilan bog‘liq jihatlar, g‘amxo‘rlik va ijtimoiy muhit mavzularini o‘rgandi, Osaka, Kioto va Kobe shaharlarida yapon rassomlari va kuratorlari bilan uchrashdi, shuningdek, Hadzi-no-sato (Osaka) tumanining mahalliy hamjamiyati bilan birga ishladi.
Loyihalar
Anna Grigoryants xalqimiz an’analariga xos himoya ramzi bo‘lgan tumor timsoliga asoslangan “So‘zlar o‘rniga” deb nomlangan installyatsiyasini taqdim etdi. Installyatsiya balo-qazolardan asrash quvvati va shaxsiy istaklar tashuvchisi sifatida tumorlar orqali odamlar o‘rtasidagi g‘amxo‘rlik, ko‘zga ko‘rinmas himoya mavzusiga qaratilgan. Har bir tumor e’tibor va ehtiyotkorlik ishorasiga aylandi, xavfsizlik tuyg‘usini va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashni ifodaladi. Birgalikda tumorlar umumiy tumor makonini — o‘zaro g‘amxo‘rlik va hamjihatlik maydonini tashkil etdi.
Loyiha asosini Annaning mahalliy aholi bilan hamkorlikda o‘tkazgan mahorat darslari tashkil etdi: ular tomonidan yaratilgan tumorlar ekspozitsiyaga kiritildi. Art-installyatsiyaga bastakor Kirill Grishinning musiqasi jo‘r bo‘ldi.
Olga Kerimova onalik ayolning shaxsiy vaqti va makoniga qanday ta’sir qilishini o‘rganuvchi «Mening vaqtim» data-art (ma’lumotlar vosita, manba yoki ilhom manbai sifatida ishlatiladigan badiiy ifoda shakli)ini taqdim etdi. Loyihaning markaziy timsoli – shaxsiy narsalar hissini ifodalovchi oq non bo‘lagi yosh bolali onalar uchun nonushta ko‘pincha o‘zlaridan ham ko‘ra o‘zgalarga g‘amxo‘rlik qilishga ishora qilgan bo‘lsa, «nonni boshqalar bilan bo‘lishish» yaponlarning «bir qozondan yeyish» maqoliga ishora qilib, kundalik hayotdagi yaqinlik va hamjihatlikni aks ettirdi. Ko‘rgazmada rezidensiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan uchta asardan iborat installyatsiya namoyish etildi.
Ikkala rassom ham rejissyor Tosixiko Murao tomonidan sahnalashtirilgan «Suv ovozi eshitiladi» spektakli uchun dekoratsiyalar tayyorladi. Tosikixo va Naoko Muraolar ushbu spektaklda rol o‘ynadi.
Art-rezidensiya dasturiga Takasi Jono (art space tetra, Fukuoka) kuratorlik qildi, Moeka Simomura (Derahajiri, Osaka) va Mariko Otsukalar muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullandi. Rezidensiyani Osakaning Chishima ijodiy rivojlanish jamg‘armasi ham qo‘llab-quvvatladi.
