Tadbir mahalliy brendlar, musiqa, oilaviy tadbirlar va ijodiy formatlarni birlashtirib, Yangi yil arafasida shinamlik va bayram muhitini yaratadi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Teplo Winter Fest madaniyat, mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy shahar ko‘ngilochar tadbirlari bir formatda uchrashadigan makon sifatida rejalashtirilgan. Festival Teploning kreativ sanoat va mahalliy tashabbuslarni rivojlantirish platformasi sifatidagi g‘oyasini davom ettiradi.
Tadbirning markaziy qismi 150 dan ortiq mahalliy brendlar ishtirok etadigan bozor bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar mualliflik sovg‘alari, dizaynerlik mahsulotlari va an’anaviy hunarmandchilikning zamonaviy mahsulotlarini topishlari mumkin. Bozorning barcha ishtirokchilari mahsulotning sifati va noyobligiga e’tibor qaratadigan mahalliy biznes vakillaridir.
Festivalning musiqiy dasturi turli janr va kayfiyatni qamrab oladi. Uch kun davomida sahnada Doppi Twins, Madinabonu Adilova, Laliddin, Loud373 va Jazzirama chiqish qiladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, jonli musiqa festivalning muhim qismiga aylanib, tadbirga umumiy fayz va bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi.
Konsertlardan tashqari, mehmonlarni ijodiy tadbirlarga boy dastur kutmoqda. Unda kattalar va bolalar uchun mahorat darslari, immersiv spektakl va tashrif buyuruvchilarga shunchaki tomoshabin emas, balki voqealarning bevosita ishtirokchisiga aylanish imkonini beruvchi interaktiv formatlar bo‘ladi.
Teplo Winter Fest oilaviy auditoriyaga mo‘ljallangan. Bolalar uchun Erudite International School o‘yin zonasi faoliyat yuritadi, kitobxonlik, sovrinli bayram musobaqalari o‘tkaziladi, shuningdek, butun oila qulay dam oladigan oziq-ovqat maydonchasi tashkil etiladi.
Festival shahar tadbirlari va ijodiy muhitni rivojlantirishga sarmoya kiritayotgan hamkorlar ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tadbirning bayramona konsepsiyasini yaratishda Teplo Store tashkilotchisi va rasmiy hamkori Coca-Cola ishtirok etmoqda. NRG-BI, Dafna va Yandex Go barcha yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun interfaol va ko‘ngilochar maydonchalarni tayyorlamoqda.
Teplo Winter Fest 26-28-dekabr kunlari soat 12:00 dan 21:00 gacha UzExpoCenterda bo‘lib o‘tadi.
Chipta narxi kattalar uchun 60 000 so‘m, 3 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun 30 000 so‘m, 3 yoshgacha bolalar uchun esa kirish bepul.
Tashkilotchilar Toshkent aholisi va mehmonlarini qishki bal muhitini, sehrini his qilishga va yangi yil arafasida o‘zlari bilan bayram kayfiyatini olib ketishga taklif qiladi.
