To‘rt oy davomida cheklangan davlat ko‘magi sharoitida mintaqa zamonaviy san’atining
rivojlanishini belgilagan ijodiy juftliklarning ishlari namoyish etiladi.
Ko‘rgazma postsovet avangardining eng obro‘li rassomlar juftligi — Galim Madanov va Zaurеsh Tеrеkbayning ishlarini birlashtiradi. Ko‘rgazmada shuningdek, Umidа Ахmеdovа va Оlеg Kаrpov, Аlibаy va Sаulе Bаpаnovlаr, Zhеnya va Sаyаn Bаygаliеvlаr, hamda ZitAbl va Kreolex zentre jamoaviy art-guruhlarning ishlari
namoyish etilgan.
Ko‘rgazma kuratori — Vladislav Sludskiy, Markaziy Osiyo zamonaviy
san’atidagi hal qiluvchi
ovozga ega. Loyiha tadqiqot qismlaridan iborat bo‘lib, arxiv
materiallari, hujjatlar va rassomlar bilan intervyularni o‘z ichiga oladi.
1990–2000-yillarda Markaziy Osiyo rassomlari deyarli davlat tomonidan moliyalashtirilmagan.
Shuning uchun ijoddagi
hamkorlik bu romantika emas, balki shu sharoitda omon qolish strategiyasi edi. Bunda bitta hamkor daromad keltirsa, ikkinchisi
ijodga e’tibor qaratadi.
Ko‘rgazma 2026 yilning 15-yanvaridan 19 apreligacha "Selinniy" zamonaviy
san’at markazida namoyish etiladi.
