Spektakl ilk bor O‘zbekistonda
sahnalashtirilgan ijodiy tarixni davom ettirgan holda birinchi marta xorijiy
tomoshabinlarga namoyish etildi. Loyiha Uzbekistan Art and Culture Development
Foundation tashabbusi bilan paydo bo‘ldi va xalqaro ijodiy jamoa bilan
hamkorlikda, italiyalik rejissyor Stefano Podi boshchiligida amalga
oshirildi.
Spektakl musiqasi
Gendelning partiturasidan iborat bo‘lib, uni kompozitor Kirill Rixter qayta ishladi va an’anaviy
jarangdorlikni sharq musiqasi elementlari va milliy o‘zbek cholg‘ulari bilan
boyitdi. Bu esa
spektaklga noyob madaniyatlararo salobat bag‘ishladi va asl barokko operasining qabul qilinishiga hissa
qo‘shdi.
Alibek
Kabdurahmanov boshchiligidagi Milliy simfonik orkestr, Xalq cholg‘ulari
orkestri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi,
jami va 160 dan ortiq san’atkorlardan iborat O‘zbekistonning yetakchi
jamoalarining sahnaga chiqishi keng ko‘lamli xalqaro madaniy voqeaga
aylandi.
Spektaklda asosiy partiyani O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek
Piyazov ijro etdi. Xalqaro tarkibda shuningdek, ispaniyalik tenor Xuan Sancho,
argentinalik soprano Veronika Kanxemi va o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabovaning ishtirok etishi
spektaklning xalqaro darajadagi nufuzini oshirdi.
Avvalroq Tamerlanoning ushbu
versiyasi ilk bor Toshkentda 2024-yil oktyabrda IV Jahon kreativ
iqtisodiyot
konferensiyasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida
namoyish etilgan edi.
