YURAGIM — bu bir necha yil Yevropada yashab, o‘zining tug‘ilgan shahri Toshkentga qaytib, hammasini yangidan boshlashga harakat qilgan Saidaning hikoyasi. Chet ellik biznesmenlar uchun tarjimon bo‘lib ishga joylashgan Saidaning avvaliga qiyin tuyulmagan yangi ishi ancha murakkabligi va axloqan tushuniksizligi bilan hayratda qoldiradi.
Kartina o‘zini shaxs sifatida anglash, shaxsiy chegaralar va turli madaniyatlar orasida moslashish muammolarini ko‘rsatadi. Bu film dunyolar o‘rtasida turgan insonni eshitish hamda tanlov sen uchun allaqachon qilingan bo‘lsa-da o‘z yo‘lingni izlash nimaligini yashirin nigoh orqali namoyon etadi.
Rejissyorlar va ssenariy hammualliflari — Varya Garib va Kirill Komar.
Varya O‘zbekistonda tug‘ilgan va hayotining dastlabki yillarini Toshkentda o‘tkazgan, keyin esa ta’limini Yevropada (Avstriya, Fransiya va Italiyada) davom ettirgan. Uning yo‘li san’at, moda, jurnalistika va kinodan iborat, ijodi esa har doim shaxsiy va hissiy hikoyalarga qaratilgan. Kirill esa Odessadan. U Germaniyada ulg‘aygan va hozirda Venada yashaydi va u yerda rejissyorlik faoliyatini musiqiy videolar va tijorat loyihalari bilan boshlagan, keyinchalik esa o‘zini to‘liq kinoga bag‘ishlagan.
YURAGIM — bu Varya Garib va Kirill Komarning "Anda zhilek kyup iken" (2024) va "Mosquito" (2025)dan keyingi uchinchi hamkorlikdagi filmi.
YURAGIM filmi Toshkentda 2024 yil oktyabr oyida suratga olingan, avval Women Watch Uzbekistan 2024 kino loyihalari akseleratorida ishtirok etgan. U yerda film rejissyor Varya Garib va prodyuser Vasilisa Inshutina tomonidan taqdim etilgan. Premyera namoyishi Berlinda bo‘lib o‘tadi. 
Kartinani ishlab chiqarish bilan Zanzara Films va Buro Notfrom xalqaro prodakshn-kompaniyalari shug‘ullangan.
Loyihada ishlaganlar:
Rejissyorlar, prodyuserlar (Avstriya): Varya Garib, Kirill Komar
Prodyuserlar (O‘zbekiston): Doni Ahmadjonov, Vasilisa Inshutina
Hamkor-prodyuser: Grigoriy Bagaev
Operatorlar: Sasha Kulak, Murat Ibragimov
Lentaning davomiyligi — 19 daqiqa.
Tillar: o‘zbek, nemis, rus, subtitrlar ingliz tilida.
Kartina uchun musiqani Bhima Yunusov va ijrochilar Dado, Masa & Asl Wayne yozgan.
image