Jon Legend — hozirgi
davrning eng muvaffaqiyatli va nufuzli
ijodkorlaridan biri bo‘lib, uning soul, R&B va pop janridagi musiqasi butun
dunyo bo‘ylab millionlab tinglovchilar yuragini zabt etgan. Legend ko‘plab
nufuzli mukofotlar sohibi: u 13 ta Grammy haykalchasi va bittadan Oskar, Emmi
hamda Toni mukofotiga sazovor bo‘lgan, bu esa uni ushbu sohadagi eng oliy mukofotlarning to‘liq to‘plamiga ega bo‘lgan kam
sonli ijodkorlardan biriga aylantiradi.
Karyerasini Legend pianinochi
va qo‘shiq muallifi sifatida boshlagan. Eng katta muvaffaqiyatni unga 2004 yilda chiqqan Get Lifted debyut
albomi olib kelgan. Huddi shu
albom uchun u birinchi nufuzli “Grammy” mukofotini olgan. Keyingi
yillarda u bir qator xitlarni yaratdi, jumladan, butun dunyoga mashhur bo‘lgan
All of Me balladasini,
bu qo‘shiq ko‘plab musiqa ommaviy axborot vositalari talqiniga ko‘ra o‘n
yillikning eng mashhur qo‘shiqlaridan biriga aylandi. 2015 yilda reper Common
bilan birga Legend Selma filmi uchun Glory trekini yozdi, bu qo‘shiq Eng yaxshi
asil qo‘shiq nominatsiyasida
“Oltin globus” va “Oskar” mukofotlarini oldi.
Uning eng ko‘zga ko‘ringan
loyihalardan biri La La Land (2016) mashhur musiqiy filmdagi
ishtiroki bo‘ldi, unda Legend musiqachi va jazz-klub egasi Kit rolini
ijro etdi — bu obraz jazda an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi dialogni
ifodalaydi. Film xalqaro miqyosda keng e’tirof etildi, prokatda eng ko‘p sotilgan filmga
aylandi va oltita Oscar mukofoti hamda ko‘plab boshqa mukofotlarga sazovor
bo‘ldi.
Tashkilotchilar butun
Markaziy Osiyo aholisini
ushbu noyob musiqiy chiqishga
taklif qilmoqda va
mintaqaning madaniy hayotida tarixga kiradigan voqeaning bir qismiga aylanishga
chaqirmoqda.
