Filmning markaziy syujeti
Ostona shahrida autizm spektrining buzilishi qayd etilgan bolalarning velomashqlariga
bag'ishlanadi. Bu ular uchun nafaqat sport mashg'uloti, balki atrof-muhit bilan
o'zaro munosabat qilish usuliga aylanadi. Muntazam mashg'ulotlar orqali bolalar
o'z tanasini yaxshi boshqarishni o'rganadi, diqqat jamlash
ko'nikmasini rivojlantiradi
va tashxis natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy yakkalanish hissini asta-sekin yengib o'tadi.
Velosport jamoasining ko'plab tarbiyalanuvchilari, ayniqsa
Joli'mbet qishlog'ida yashovchilar uchun mashg'ulotga borish katta kuch talab
etadi: ular haftasiga ikki marta poytaxtga kelish uchun 100 kilometr masofani
bosib o'tadi. Bu mashg'ulotlarning muhimligi bolalarning harakatlarida ham tasdig‘ini topmoqda: ota-onalarning ta'kidlashicha, bolalar
mashg'ulotlardan oldin o'zlari sport sumkalarini yig'adi va hatto dam olish
kunlarida ham sport kiyimlarini kiyadi.
Filmning markaziy qahramonlaridan biri murabbiy va sport ustasi Qayrat Xaldibek bo'ldi. U o'zini nogiron bolalar bilan ishlashga bag'ishlagan. Film
sabr va izchillik, professionallik va
chuqur insonparvarlikning
uyg‘unlashuvi haqidgi hikoyadir. Xaldibekning aytishicha, bu ish uning uchun shaxsiy ahamiyatga ega, chunki o'zi shu kasallikka yo‘liqqan
nogiron singlisini yo'qotgan va nogiron bolalar bilan shug‘ullanishni sport tayyorgarligidan ancha afzal vazifa sifatida
ko'radi.
Tomoshabinlarning birinchi
fikr-mulohazalari filmining hissiy jihatdan og‘ir ekanligini ko‘rsatmoqda. Premyera namoyishlaridan so‘ng, autizmga chalingan bolalarning ota-onalari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy hikoyalari bilan bo‘lishmoqda,
tomoshabinlar esa filmni ta’sirchan, yaxshilikka eltuvchi va samimiy deb atamoqda. Ko‘pchilik bu kartina
ularga autizmi bor
bolalarni tarbiyalayotgan
oilalar hayotiga e’tiborli bo‘lishga va
inklyuziyaga o‘z munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga yordam berganini
ta’kidlamoqda.
Bu film, autizmga chalingan bolalarga
yordam berish sohasida
o‘n yildan ortiq vaqt davomida tizimli ish olib borayotgan Bulat Utemuratov
Jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 2014-yildan beri "Avtizm. Dynyo hammamiz uchun bitta"
dasturi doirasida Qozog‘istonning
12 shahrida 13 ta "Asil Miras" markazlaridan iborat tarmoq faoliyat
yuritmoqda. Shu vaqt mobaynida
20 mingdan ortiq bolaga yordam ko‘rsatildi.









